Roğun GESida işga tuşadigan olti gidrogeneratordan dastlabkisi örnatildi. Agregat şu yilning noyabrida işlaşni boşlaydi.
«Dnepr-SGEM mutaxassislari «Elektrotyajmaş» zavodi muhandislari va stansiya rahbariyati bilan birgalikda Roğun GESining bölajak olti agregatidan dastlabkisi, 6-raqamli gidrogenerator agregati örnatildi», - deyiladi Dnepr-SGEM xabarida.

Oğirligi 850 tonnaga teng rotor 5 iyul kuni örnatildi. U montaj va quriliş hamda yerosti burğulaş işlari uçun oğir şaroitda yiğilganligi qayd etilmoqda.
Xabarda agregat 2018 yil 16 noyabrda, navbatdagisi esa 2019 yilda işga tuşişi aytilgan.
Gidrouzel qurilişi bilan 2016 yil oktabridan buyon Italiyaning Salini Impregilo kompaniyasi şuğullanmoqda.

Kompaniya balandligi 335 metrli töğon quriş işlarini boşlab yuborgan. Mazkur inşoot qurilişiga 1,95 mlrd dollar sarflanadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, Roğun GESi qurilişiga jamibölib 4 milliard dollarga yaqin mablağ ketadi. Stantsiyada har birining quvvati 600 MVtni taşkil etuvçi oltita agregat örnatilişi rejalaştirilgan.
Stantsiya töğoni dunyodagi eng baland toş-tuproqli töğon böladi. Mazkur gidroinşoot yiliga 17 milliard kilovatt soat energiyasi işlab çiqaradi, bu Nurek GESi quvvatidan bir yarim baravar köp degani.










