Yaponiya hukumati xabariga köra, mamlakatning janubiy-ğarbiy va markaziy hududlaridagi suv toşqinlari oqibatida 176 nafar inson halok bölgan, 3 nafarining ahvoli oğir darajada, 9 nafari bedarak yöqolgan.
«Ayni paytda, 176 nafar inson halok böldi, 3 nafarining yuragi va öpkasi işlamay qolişi oqibatida, ahvoli oğir darajada, 9 nafar inson bedarak yöqolgan. Tabiiy ofat hududida mudofaa kuçlari, politsiya va öt öçiruvçilarning 75 mingdan ortiq xodimi işlamoqda. Qutqaruv işlariga 83ta vertolyot jalb qilingan. Tabiiy ofatdan zarar körgan hududlarda qisqa muddatli jala quyişi mumkin, ammo, yomğir yoğmagan taqdirda ham, tuproq köçkisi sodir böliş xavfi juda yuqori» - dedi Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga Tokioda uyuştirilgan matbuot anjumanida.
Zarar körgan hududlarda dökonlar yopilgan. Evakuatsiya punktlarida gumanitar yordam tarqatiş nuqtalari işlamoqda. Köngillilarni jalb qiliş ham yölga qöyilgan. Hozirgi paytda 255 mingdan ortiq xonadon suvsiz qolgan. 35 darajali issiq şaroitida bu jiddiy muammoni keltirib çiqarmoqda.
Eslatib ötamiz, ötgan hafta oxirida Yaponiyaning janubiy-ğarbiy va markaziy hududlaridagi kuçli yomğirlar suv toşqini va köçkilarga olib kelgan edi. Ba'zi joylarda daryolarning qirğoğidan çiqib ketişi natijasida, juda katta hududlar suv ostida qoldi.












