Toşkent şahri Yaşnobod tumani 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslaştirilgan maktab-internatiga olib boradigan yölakni har yomğir yoğganda suv bosişi, bu muammo beş yildan beri hali etilmayotgani haqida Kun.uz tahririyatiga murojaat kelib tuşdi.
Murojaatçilarga köra, yölakda suv töplanişi, loy va qişdagi muzlama köriş imkoniyati çeklangan bolalarning harakatlanişini qiyinlaştirmoqda, hamda ularning soğliği, hayoti uçun jiddiy xavf tuğdirmoqda.

“Beş yildan beri şu ahvol. Uç nafar nogiron farzandim bor. Ikki qizim ham şu maktabda öqigan, hozir öğlim 5-sinfda öqiydi. “Lotok” qilinmasa, suv toşaveradi. Içkaridagi ariqlarni ham yopib taşlaşgan. Közi körmagan bola bu yerda yiqilsa nima böladi? Soğlom odamning özi ham yiqilib tuşişi mumkin. Köriş imkoniyati çeklangan bolalar uçun bu yanada xavfli”, - deydi ota-onalardan biri.
Bolalarini maktabga olib keluvçi ota-onalarning özlari ham yölakdan ötişda qiynalayotganini taʼkidladi. Ularning qayd etişiça, yomğirli kunlarda bolalarni kattalar hamrohligisiz yurişi yanada muşkul.

Kun.uz muxbiri holat yuzasidan maktab-internati direktori Rustam Safarov bilan boğlandi. U suv töplanayotgan yölak maktab hududiga tegişli emasligini, şu boisdan masala maktab maʼmuriyati vakolatida emasligini bildirdi.
Yaşnobod tuman hokimligi rasmiysi esa yölakda suv töplanişi muammosini bartaraf etiş böyiça işlar amalga oşirilişini bildirdi.
“Bugunning özida suv masalasini töğrilaymiz. Ariq tuşiriş masalasi 3-4 kun, asfaltni tekislaş masalasi bir hafta içida hal qilinadi”, - dedi Yaşnobod tumani hokimligi boş muhandisi Ollayor Toirov.












