AQŞ prezidenti Donald Tramp ittifoqçilar bilan ixtilof fonida NATO sammiti bölib ötadigan Bryussel şahriga yetib keldi, deyiladi Oq uy jurnalistlari tomonidan tarqatilgan xabarda.

Vaşingtondan Bryusselga parvoz mobaynida Tramp OAV vakillari oldiga çiqmadi, lekin u NATO böyiça ittifoqçilarini tanqid qilgan xabarlarini Twitter’ga faol joylab borgan. Masalan, u navbatdagi marta garçi savdo defitsiti saqlanib qolinayotgan bölsa-da, AQŞ Yevropa Ittifoqi tarkibidagi NATO a'zolari himoyasini ta'minlab berayotganligidan norozi ekanligini bildirgan. Tramp, şuningdek, NATO davlatlari qaçon AQŞning mudofaa xarajatlarini qoplab berişini söragan.

Amerika prezidenti alyans böyiça şeriklarni 2014 yilda Buxarestda erişilgan kelişuvlarga köra, mudofaa uçun YaIMning 2 foizi miqdorida xarajatlarni oşirişga çaqirgan, aks holda NATOga a'zo davlatlar xavfsizligini ta'minlaş dasturida AQŞning iştirokini qisqartiriş bilan tahdid qilgan.

NATOning Bryusseldagi sammiti 11–12 iyul kunlari Vaşingtonning Eron yadroviy dasturidan çiqişi, Yevropa kompaniyalariga ikkalamçi sanksiyalar joriy etişi, şuningdek, pölat va alyuminiy uçun bojlar joriy etişi bilan boğliq AQŞ va Yevropa davlatlari örtasidagi ixtilof fonida bölib ötadi.