Butunjahon aholişunoslik kuni har yili 11 iyulda nişonlanadi. Uşbu an'ananing ildizi 1987 yil 11 iyulga -  xalqaro hamjamiyat Yerning 5-milliard kişisining ramziy tavallud topgani ilk bor nişonlagan kunga borib taqaladi.

Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi va BMT  Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) oilani şakllantiriş inson huquqi ekanligini inobatga olgan holda, bu boradagi umumjahon va davlat sa'y-harakatlariga urğu beriş maqsadida 2018 yilgi Butunjahon Aholişunoslik kunini birgalikda nişonlaşdi.

Bu yilgi Butunjahon aholişunoslik kunining mavzusi «Oilani şakllantiriş – inson huquqidir» deb, nomlandi.

Tehron Bayonotnomasiga köra, "Ota-onalar öz farzandlari soni va oraliğini erkin holda va mas'uliyat bilan belgilaşda eng asosiy huquqga egadirlar".

UNFPA yillar davomida Xotin-qizlar qömitasi bilan hamkorlik qilib, Özbekistonda oilani şakllantiriş, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş va bu borada barqaror rivojlanişga erişişni maqsad qilgan.

BMTning Aholişunoslik jamğarmasi va Xotin-qizlar qömitasining Butunjahon aholişunoslik kuniga bağişlangan qöşma tadbirlari muhim milliy hamkor taşkilotlar, vazirliklar, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida Milliy matbuot markazida davra suhbat quriş orqali boşlandi. Suhbat davomida Butunjahon aholişunoslik kuni mavzusining mohiyati alohida ta'kidlandi, ya'ni oilani şakllantirişda inson huquqiga asosiy omil hisoblanadi.

UNFPA'ning Özbekistondagi Vakili Miyeko Yabuta xonim öz kiriş nutqida şunday dedi: "Oilani inson huquqlari asosida şakllantiriş ayollar va bolalar salomatligini ta'minlaşda muhim örin tutadi. Bu ayollar va ularning juftlariga öz hayotlarini rejalaştiriş hamda istaklarini amalga oşiriş imkoniyatini taqdim etadi. Oilani şakllantiriş aholi salomatligini yaxşilaşga, şuningdek oila va umuman olganda mamlakatning gullab-yaşnaşi yölida xizmat qiladi".

Butunjahon aholişunoslik kuni oilalar örtasida Toşkent şahrining Ekoparkida taşkillaştirilgan sport musobaqasini ötkaziş bilan yakunlanmoqda. Bayram tadbirlari oilalar örtasida turli xildagi sport maşğulotlaridan tarkib topgan bölib, ular içida yuguriş, stol tennisi va şaşka bor. Tadbirdan közlangan maqsad – jamoatçilik e'tiborini reproduktiv salomatlik, oilani şakllantiriş böyiça xizmatlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek gender tengligini ta'minlaşni rağbatlantiriş muhimligiga qaratişdir; oilani töğri şakllantiriş hisobiga ular özlari va farzandlari uçun köproq bilim olişi va salomatliklarini yaxşilaşlari közda tutilgan.

Oilani şakllantiriş nafaqat inson huquqi masalasi, balki xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirişda, qaşşoqlik qamrovini kamaytiriş va barqaror rivojlanişni ta'minlaşda muhim rol öynaydi, deyiladi tadbirda.

Butunjahon aholişunoslik kunida UNFPA hukumatlarni jinsiy va reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquqlarni muhofaza qiliş, jumladan oilani şakllantiriş xizmatlariga keng imkon berişga doir majburiyatlarini bajarişga çaqiradi.