Bryusselda ötayotgan NATO sammiti davomida alyansga a'zo davlatlar bir qator a'zo davlatlarda meros bölib qolayotgan sovet va Rossiya harbiy texnikalaridan butkul xalos böliş borasida kelişib olişdi, deb yozmoqda RIA Novosti. Bu alyans sammitining birinçi kuni yakunlari böyiça ma'qullangan deklaratsiyada öz aksini topgan.
Deklaratsiyada yozilişiça, «özgarayotgan vaziyatlardan paydo bölgan tahdidlarni yengib ötiş» uçun «yuqori tayyorgarlikda bölib turgan tezkor qöşma kuçlar va vositalar» zarur böladi.
Buning uçun alyans «qurolli kuçlarning tezkor hamjihatligini oşiriş, Rossiyada işlab çiqarilgan va meros bölib qolgan harbiy texnikalarga mavjud boğliqlik masalasini bahamjihat yeçiş uçun işlaş»ni rejalaştirmoqda.
«Biz innovatsiyalarni joriy etiş va özimizning texnologik ustunligimizni ta'minlaşda davom etamiz», — deyiladi hujjatda.












