2018 yil 5 iyul kuni Samarqand viloyati Past Darğom tuman IIBga kelib tuşgan xabarga köra, joriy yilning 4 iyulidan 5 iyuliga ötar keçasi, soat taxminan 1:00 lar atrofida tumanning “Qoravultepa” mahallasida yaşovçi 2016 yildan buyon fuqaro A.A. (ayni paytda Rossiya Federatsiyasiga işlaş uçun ketgan) bilan şa'riy nikohda bölgan R.R. yaşaş uyi yotoqxonasining kiriş eşigini qulflab, 2 nafar voyaga yetmagan qiz farzandlari — 2011 yilda tuğilgan B.T.ning qorin qismiga 12 marotaba va 2017 yilda tuğilgan M.R.ning qorin qismiga 9 marotaba oşxona piçoği bilan urib qasddan öldirgan.

Söngra uşbu oşxona piçoği bilan özining ham qorin sohasi kindik atrofiga jami 9 marta urib, oğir ahvolda Past Darğom tuman tibbiyot birlaşmasi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga «Past Darğom haqiqati» gazetasi muxbiri Qiyomjon Ziyotov.

Mazkur holat yuzasidan Past Darğom tuman prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.