7-sentabr kuni Farğona viloyati Qöştepa tumani tibbiyot birlaşmasi bolalarga birinçi yordam körsatiş bölimining katta hamşirasi Odina Imomova qöl ostida işlovçi 4 nafar xodimini öz xonasiga olib kirib, eşikni içkaridan qulflab olib, ularga piçoq bilan taşlanadi. Yurak qismidan piçoqlangan farroş voqea joyida halok bölgan. Boşqa hamşiraning 5 joyiga piçoq sançilgan, yana ikki hamşiraning tana aʼzolariga turli darajada jarohat yetkazilgan. Kun.uz hodisa tafsilotlarini örgandi.

7-sentabr kuni Farğona viloyati Qöştepa tumani tibbiyot birlaşmasi bolalarga birinçi yordam körsatiş bölimining katta hamşirasi Odina Imomova qöl ostida işlovçi 4 nafar xodimini öz xonasiga olib kirib, eşikni içkaridan qulflab olib, ularga piçoq bilan taşlanadi. Bir kişi voqea joyida vafot etgan, uç xodim turli darajada tan jarohatlari olgan, ulardan birining ahvoli oğir.

Suriştiruvdan maʼlum bölişiça, qotillikka qöl urgan katta hamşira Odina Imomova ikki turmuşidan ham ajraşgan. Keksa onasi va bir öğli bölgan. U voqea sodir bölişidan avval ham boşqa bir fuqaroni piçoqlab qöyib jazo muddatini ötab çiqib, Qöştepa tumani tibbiyot birlaşmasiga işga qayta tiklangan. U qotillik yuz berişidan avval uy oliş uçun öz nomiga kredit rasmiylaştirib, piçoqlagan hamşiralarni kafillik şartnomasiga imzo çekişga majbur qilgan.

Oyligi tuşişini bankomatda kutardi...

"Turmuş örtoğim Lolaxon Ismoilova beş joyidan piçoq “yeb” reanimatsiyada yotibdi. Ikki marta jarrohlik amaliyotini ötadi. Qotillikka qöl urgan katta hamşira Odina Imomovaning qiliqlaridan işxonadagilari bezib ketgan edi. Turmuş örtoğimga qönğiroq qilsa, dam oliş kuni bölişiga qaramay, qörqqanidan qayerda bölişidan qatʼiy nazar yoniga darrov yetib borardi.

Reanimatsiyada qolayotgan Lolaxon Ismoilova

 Qayerdan kelyapsan desam, Odinaxon bilan u yoqqa bordik, bu yoqqa bordik, iş buyursa birga bormasam bölmaydi, bilasiz-ku muttahamligini, keyin tinç qöymaydi-da, bormasam bölmasdi-da, deb köp gapirardi. U işçilariga doim tazyiq ötkazib kelgan. Qizim ham öşa yerda işlaydi. Qizimga ham döq-pöpisa qilib yurgan. Öşa kuni qizimni ham öz xonasiga çiqartirgan, bormagani uçun omon qoldi.

Katta hamşiraning bir öğli va keksa onasi bor. Öşa keksa onasiga ham qaragani borardi ayolim. Qaraşga majburlardi-da... Xullas, hamma qörqardi undan.

Öşa kuni har biringga 200 dollardan pul beraman, deb hamşiralarni xonasiga olib kirib, eşikni içkaridan qulflagan. Birinçi bölib turmuş örtoğimning boş qismiga piçoq urgan. Keyin böyniga solgan. Qoçişga uringanda orqasidan yana bir marta urgan. Eşikni oçayotgan paytda orqa tomondan yana bir marta piçoq urgan. Qöli bilan qarşilik qilayotgan paytda qöliga ham urgan. Eşikni oçib qoçib çiqib ketişga uringan bölgan-da turmuş örtoğim.

Farroş bölib işlovçi Hayotxon Najmiddinovaning yuragiga piçoq urgan. U voqea joyida halok bölgan. Xonadan qoçib çiqişga uringan hamşiralarning orqasidan quvlab borib piçoq sançgan. Turmuş örtoğim qonga belangan holda yuqori qavatga qarab çiqişga uringan...

Katta hamşira qilar işni qilib qöyib, qonga belangan qölini yuvib, heç narsa bölmagandek “marşrutka”ga ötirib, voqea joyidan ğoyib bölgan....

Katta hamşira Odina bu voqea bölişidan avval ham kimnidir piçoqlab qöyib qamalib çiqqan edi. Bunday ruhiy nosoğlom ayol qanday qilib tibbiyot sohasida işlab yuribdi, hayronman...

Qotillik sodir etilgan katta hamşiraning xonasi

Öşa qotil ayol kreditga uy oliş uçun turmuş örtoğim va yana öşa yerda işlovçi uç-tört nafar hamşirani kafil bölişga majburlagan. Turmuş örtoğim kafil bölgani uçun oyligi tuşadigan kuni bezovta bölib plastikdan pulimni yeçib olmasin deb kunni bankomatda ötkazardi. Tazyiqda, qörquvda işlab yurganda turmuş örtoğim.

Öşa ayol telefon qilsa, turmuş örtoğimning tösatdan rangi özgarib qörqib ketardi. Kim u senga? Nega qörqasan, desam, nima bölgandayam boşliğimiz-da, derdi. Eng dahşatlisi, yuragiga piçoq sançib öldirgan farroş Hayotxonni dam oliş kuni bölişiga qaramay uyidan xonasiga çaqirtirib olgan. Qizim ham aynan öşa bölimda işlaydi. Öşa kuni qizimni ham çaqirtirgan ekan. Qaynonasi rozi bölmagani uçun bormagan. Qizim bir ölimdan qutulib qoldi”, deydi reanimatsiyada qolayotgan hamşira Lolaxon Ismoilovaning turmuş örtoği Valijon Mamadaliyev.

Valijon Mamadaliyevning kelini özi ham qotillik yuz bergan bölimda hamşira bölib işlagani, Odina Imomova qöl ostidagi xodimlarini töplab oktabr oyida pensiyaga çiqib ketişi, işdan ketişdan avval bölimni “quritib” keyin ketişi haqida tez-tez aytib kelganini maʼlum qildi.

Valijon Mamadaliyev, reanimatsiyada qolayotgan hamşira Lolaxon Ismoilovaning turmuş örtoği

 Hamşira ruhiy kasalliklar bölimida röyxatda turmagan

“Qotillikni amalga oşirgan hamşira şifoxonamizda salkam 30 yildan beri işlardi. Avval u ayol bilan boğliq köngilsiz holatlar kuzatilmagan. Xodimlarni bir yilda bir marta tibbiy körikdan ötkazamiz. Tekşiruv natijasiga köra, hamma kadrlar soğlom deb xulosalar berilgan. Katta hamşira ruhiy kasalliklar böyiça şuğullanadigan şifokorimizda ham röyxatda turmagan.

Öşa kuni voqeani eşitib bölimga kirganimda xonalar oçiq holatda edi. Jabrlanganlarni olib çiqib ketişayotgan ekan. Qotillikni sodir etgan hamşira taşqariga qoçib çiqib ketgan ekan. Darhol uşlab kelişdi”, deydi Qöştepa tumani tibbiyot birlaşmasi boşliğining davolaş işlari böyiça örinbosari Xurşid Teşaboyev.

Xurşid Teşaboyev, Qöştepa tumani tibbiyot birlaşmasi boşliğining davolaş işlari böyiça örinbosari

 Qöştepa tumani köp tarmoqli poliklinikasi psixiatri Baxtiyor Abbosovga köra, katta hamşira Odina Imomovada ruhiy xastalik holati bölmagan. U biror marta soğligidan şikoyat qilib murojaat qilmagan.

Hamşiralardan biri jonlantiriş bölimida, ikki hamşiraning holati qoniqarli...

“7-sentabr kuni soat 16:30 lar çamasida bölimimizga ötkir buyumdan jarohat olgan uç nafar bemor keldi. Ikki bemorning holati qoniqarli, örta oğir holatda edi. Bemorlarga birinçi yordam körsatilgan, birlamçi jarrohlik amaliyoti ötkazilib, jarrohlik bölimiga ötkazildi.

Bemorlarimizdan biri tezkor davoga muhtojligi sababli operatsiya xonasiga olindi. Operatsiyadan keyin bemorni reanimatsiya bölimiga ötkazdik. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli, örta oğirlikda, yaʼni ötkazilgan operatsiyaga, taşxis oğirligiga mos.

Holati qoniqarli ikki hamşira masalasiga kelsak, piçoq hamşiralardan birining çap kökrak beziga tekkan, lekin kökrak qafasini teşib ötmagan. Ikkinçisi, çap kökragining orqa qismiga yetkazilgan tan jarohat, ötkir buyumdan yetkazilgan tan jarohat. U ham kökrak qafasiga teşib ötmagan tan jarohat. Birlamçi jarrohlik amaliyotini ötkazdik, hozirda bemorlar antibiotiklarni, kerakli muolajalarni olyapti. Reanimatsiyada yotgan bemor çap kökrak qafasining orqa qismidan va çap belning pastki qismidan jarohat olgan. Operativ davo ötkazilgan. Operatsiyadan keyingi holatlari ötkazilgan taşxis oğirligiga mos”, deydi Qöştepa tumani tibbiyot birlaşmasi xirurgiya bölimi boşliği Ikromjon Mamatov.

Ikromjon Mamatov

Odina Imomova bundan bir neça yil avval Zoʻr TVʼning “Yor-yor” loyihasida iştirok etib, öziga munosib turmuş örtoq izlayotgani, uy oliş uçun subsidiya ololmagani va buning ortidan kreditga uy olib, qarzni oyma-oy tölab kelayotganini maʼlum qilgan.

Odina Imomova

Holat böyiça Qöştepa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) ikkinçi qismi tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Odina Imomova ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.