Bugun, 12 iyul kuni Mirobod tumani Oybek köçasidagi köp qavatli uylardan birida yonğin çiqdi. Toşkent şahar IIBB hodisa haqida rasmiy xabar berdi.
«Bugun soat 14.50da Mirobod tumani Oybek köçasida joylaşgan 9 qavatli uyning 1-qavatidagi gözallik salonida yonğin yuz bergani haqida xabar kelib tuşdi. Voqea joyiga 2ta öt öçiriş maşinasi qisqa fursatda yetib bordi.

Ma'lum bölişiça, “Bell clio” salonining soyabonida yonğin kelib çiqqan bölgan. Tezkor harakatlar natijasida soat 15.08da alanga jilovlanib, soat 15.09da butunlay bartaraf etildi.

Alanga oqibatida uyning 2-7 qavatlaridagi deraza romlari zarar körgan. Öt öçiruvçilarning tezkor harakatlari natijasida yonğinning avj olib ketiş xavfi oldi olindi. Qurbonlar va jarohat olganlar yöq. Yonğin sabablari örganilmoqda», deyiladi xabarda.

Qayd etiş joiz, bugun tuşdan söng Toşkentning Yunusobod tumanidagi supermarketlardan birida ham yonğin yuz bergandi.











