Air China aviakompaniyasi ekipaj kabinasida elektron sigaret çekib xatoga yöl qöygan va samolyotning keskin pastga şönğib ketişiga sababçi bölgan uçuvçini şeriklari bilan işdan böşatadi, deb xabar berdi South China Morning Post.
"Hodisani tekşiriş uçun ötkazilgan suriştiruv işlaridan söng ekipajni parvozlardan çetlatiş va qonunga muvofiq ravişda şartnomalarni bekor qiliş haqida qaror qabul qilindi. Hodisaga javobgar ekipaj a'zolariga jiddiy çora körildi", — deya iqtibos keltiradi naşr aviakompaniya bayonotidan.
Suriştiruv işlarini olib borgan Xitoy fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi dastlabki tekşiruvga köra ikkinçi uçuvçi birinçisiga heç nima demasdan elektron sigaret tutuni samolyot saloniga bormasligi uçun kabinadagi ventilyatorni öçirmoqçi bölganligini ma'lum qildi. U buning örniga havo konditsioner tizimi tugmasini bosib yuborgan va oqibatda uçuvçilar kabinasida kislorod juda ham kam qolgan.
Avvalroq Xitoy OAV 10 iyul kuni Gonkongdan Dalyanga parvoz qilayotgan Boeing 737 samolyoti 10 daqiqa içida birdaniga 25 ming funt balandlikni yöqotganini xabar qilgandi. FlightRadar24 ma'lumotlariga köra, samolyot Gonkongdan havoga kötarilganidan taxminan 1,5 soat ötib balandlikni keskin yöqota boşlagan. OAVning bildirişiça, ekipaj ovoz kuçaytirgiç orqali samolyot salon germetizatsiyasi yöqolgani sababli keskin pastlaganini ma'lum qilgan.
Samolyot parvozda davom etgan va manzilga xavfsiz ravişda qöngan. Matbuotda germetizatsiya izdan çiqişiga uçuvçilar kabinasida çekiş natijasida paydo bölgan tutun sababçi bölganligi haqida xabarlar çop etilgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan, samolyotga şikast yetmagan.












