Polkovnikni qutqariş. Amerikalik uçuvçini Erondan olib çiqiş amaliyoti tafsilotlari
|01:10 / 07.04.202631 5529 min
Eron ötgan haftada AQŞ harbiy-havo kuçlarining F-15 rusumli qiruvçi samolyotini urib tuşirdi va ekipaj a’zolaridan biri qariyb ikki kun davomida birgina töpponçasi bilan duşman hududi içkarisida qolib ketdi. Amerikalik jurnalistlar u qanday qutqarilgani böyiça tafsilotlarni aniqlaşdi.
Usaf/U.S. / Air / Planet Pix / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETAUsaf/U.S. / Air / Planet Pix / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
AQŞ harbiy-havo kuçlari zobiti qanday qilib Eron hududida paydo bölib qoldi?
AQŞning F-15E Strike Eagle rusumli qiruvçi samolyoti 3 aprel, juma kuni Eron hududini bombalaşda iştirok etganida eronlik harbiylar tomonidan öqqa tutilgandi. Ekipajning ikkala a’zosi – uçuvçi hamda bortdagi qurollar tizimi uçun mas’ul bölgan operator – samolyot qulaşidan oldin muvaffaqiyatli katapulta qilingan.
The New York Times naşri aniqlik kiritişiça, uçuvçilar paraşyutlarda mahalliy aholi yordamiga umid qilgan holda Eronning janubi-ğarbiy qismiga, islom respublikasidagi hukmron rejimga muxolif kuçlar yaşovçi hududga tuşişgan (Amerika naşri manbasi ular mahalliy aholidan qandaydir yordam olganini oçiqlamagan). Yerga tuşişganidan keyin ikki harbiy yopiq aloqa tizimi orqali özaro boğlangan hamda geolokatsiyani uzatiş uçun avariyaviy mayoqlarni yoqişgan.
Eron naşrlari urib tuşirilgan samolyot qoldiqlarini namoyiş etişgan
Iranʼs First International News Network (@PressTV / X)
Mazkur hodisa AQŞ harbiy-havo kuçlari uçun oğriqli zarba böldi: bu nainki fevral oyi oxirida boşlangan katta uruşda, balki dunyoning turli mintaqalaridagi harbiy harakatlardagi 20 yildan ortiq vaqt davomidagi iştiroki davomida Amerikaning F-15 qiruvçisi ilk marta duşman tomonidan urib tuşirilişi
böldi (1 mart kuni ham xuddi şunday samolyotlardan uçtasi qulagan, ammo bunga Kuvayt havo hujumidan mudofaa kuçlarining «döstona zarbasi» sabab bölgandi). Ammo uçuvçilar asir tuşişi Vaşingtonning obrösi uçun yanada jiddiyroq zarar yetkazgan bölardi.
Şuning uçun Amerika siyosiy va harbiy rahbariyati darhol keng kölamli qutqaruv amaliyotini boşladi. Birinçi uçuvçining joylaşuvi tezda, katapultadan keyingi bir neça soat içida aniqlandi va u evakuatsiya qilindi. Axios naşri manbalarga tayanib xabar berişiça, uşbu amaliyot çoğida Eron Amerikaning Blackhawk rusumli vertolyotiga hujum qilgan. Havo kemasi ekipaji a’zolari bu hujum çoğida jarohat olgan. Ammo vertolyot parvozni davom ettirgan va Eron harbiylari nazorat qilmaydigan hududgaça yetib bora olgan.
Mavzuga oid
AQŞ harbiy-havo kuçlarining ikkinçi zobitini qidiriş va evakuatsiya qiliş jarayoni esa bir kundan ortiqroq davom etdi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi katapulta örindiği fotosini namoyiş etdi @IRGCIntelli / X
Eronda uzoq qolib ketgan harbiy qanday qutqarildi?
Mediaga sizdirilgan ma’lumotlarga köra, AQŞ harbiy-havo kuçlari polkovnigi unvoniga ega bölgan uşbu zobit katapulta va yerga tuşiş çoğida jarohatlangan hamda yordam yetib kelguniga qadar toğdagi toşlar orasida yaşiringan hamda öşa yerdan turib öz joylaşuvi haqida ma’lumot uzatgan. Uning yonida birgina töpponça bölgan.
Amerikadagi va ğarbdagi naşrlar yakdillik bilan uşbu amaliyot öz kölami va tezkorligi bilan noyob amaliyot bölganini e’tirof etişgan. Zobitni Erondan olib çiqiş böyiça harakatlarni muvofiqlaştiriş bilan AQŞ maxsus amaliyotlar kuçlari şuğullangan. Maxsus topşiriqli bölinmalar jangçilari duşman hududiga çuqur kirib borişiga töğri kelgan.
Amaliyotda yuzlab harbiy xizmatçilar, önlab jangovar samolyotlar, vertolyotlar qatnaşgan, şuningdek, kiberxavfsizlik, kosmik va boşqa razvedka vositalari jalb etilgan. Donald Tramp esa F-15 uçuvçisini qidiriş uçun Pentagonning Erondagi boşqa harakatlarini ham töxtatib turişga buyruq bergan.
Amerikaning C-130 Hercules rusumli samolyoti va HH-60 Pave Hawk rusumli vertolyotlari qidiruv-qutqaruv amaliyoti vaqtida Eron janubi-ğarbidagi hududda pastlab uçayotgani va yoqilği töldiriş işlari amalga oşirilayotgani aks etgan kadr
Iranʼs First International News Network
Qidiruv amaliyotida iştirok etgan A-10 Warthog qiruvçisi ham juma kuni zarbaga uçragan. Ammo yana bir harbiy asirga tuşişi xavfidan qutulib qolingan: Warthog uçuvçisi samolyotni Hörmuz böğoziga olib ketgan va suvga tuşgan, u muvaffaqiyat bilan qutqarilgan, deya qayd etadi CBS News.
Amerikadagi manbalar tasdiqlaşiça, yöqotilgan F-15 va A-10 qiruvçilaridan taşqari, amaliyotda iştirok etgan Blackhawk rusumli vertolyot ham şikastlangan. Eron harbiylari esa AQŞning C-130 rusumli yoqilği quyuvçi samolyotini ham urib tuşirişganini da’vo qilişgan.
Eronlik harbiylar uçuvçining yoniga amerikaliklardan oldinroq yetib borişga harakat qilgani tufayli AQŞ aviatsiyasi şturmoviklari amaliyot ötkazilayotgan hududni bombalaşi va Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan yuborilgan kuçlarini öqqa tutişiga töğri kelgan. Ikki nafar sobiq yuqori martabali harbiy mulozimning sözlariga köra, amerikalik harbiylar uçuvçiga yaqinlaşganida eronlik harbiylar bilan töğridan töğri otişma ham bölib ötgan.
Yakunda AQŞ maxsus topşiriqli kuçlari guruhi öz quroldoşining oldiga birinçi bölib yetib borgan. Ammo yakuniy bosqiçda ham kutilmagan muammolar kutib turgandi: qutqaruvçilarni hamda qutqarilgan uçuvçini xavfsiz joyga olib ketişi kerak bölgan ikkita transport samolyoti şikastlangani va uça olmasligi ma’lum bölgan. Şundan keyin amaliyot qömondonligi zudlik bilan evakuatsiya uçun uçta yangi samolyotni yuborişga qaror qilgan. Şikastlangan samolyotlarni esa eronliklar qöliga tuşmasligi uçun portlatib yuborişgan.
Uçta qutqaruv samolyoti Eronni tark etişga va Kuvaytga qönişga muvaffaq bölgan, CBS News manbalariga köra, ular bir-biridan kata masofa saqlagan holda uçgan. Missiya 4 aprel kuni keçqurun yakunlangan – bu vaqtda Amerikaning barça kuçlari Eron havo kengligini tark etgandi. Qutqarilgan zobit esa ayni damda Kuvayt hududida bölib turibdi va unga tibbiy yordam körsatilmoqda.
Amaliyotda yana kimlar yordamlaşdi?
Uçuvçini qutqarişda Markaziy razvedka boşqarmasi ham töğridan töğri qatnaşgan. Mazkur idora Eron içkarisida amerikaliklar zobitni allaqaçon topgani va olib ketgani haqida dezinformatsiya kampaniyasini yölga qöygan.
Aslida esa bu vaqtda MRB toğlar orasidagi harbiyni kuzatiş bilan maşğul etdi. Uning joylaşuvi aniqlangaç, bu ma’lumot Pentagon va Oq uyga yetkaziladi.
Iran International agentligi ma’lumotiga köra, amerikalik harbiylarga uşbu amaliyotda Isroil tomonidan ham yordam körsatilgan. Ikki maxsus topşiriqli bölinma: «Şaldag» (Isroil harbiy-havo kuçlari maxsus bölinmasi) va «Sayeret Matkal» (Isroil mudofaa armiyasi boş ştabi maxsus bölinmasi) ham harakatga keltirilgan.
Donald Tramp va uning jamoasidagi yuqori martabali mulozimlar qutqaruv amaliyotini Vaşingtondagi situatsion markazdan turib kuzatib borişgan. Prezident keyinroq Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida zobit qutqarilgani faktini tasdiqlab, bu voqeani «AQŞ tarixidagi eng dadil qidiruv-qutqaruv amaliyoti» deb atadi.
U polkovnik «yaralangani, ammo u bilan barçasi joyida bölişi»ni aytgan:
Bu jasur jangçi front çiziği taşqarisida, Eronning makkor toğlarida, soat sayin yaqinlaşib kelayotgan duşmanlar ta’qibi ostida edi.
Buyoğiga nima böladi?
Uçuvçi eronliklarga asir tuşmasligi Tramp uçun özi tomonidan islom respublikasiga qöyilgan ultimatum tugaşi arafasida ayniqsa muhim edi. U Tehrondagilar seşanba kunigaça kelişuvga rozi bölmasa, mamlakatdagi energetika infratuzilmalariga zarba berilişi bilan tahdid qilgan:
Vaqt tugamoqda – ularning boşiga dözax kuni tuşişiga 48 soat qoldi.
Tramp ultimatum yakunigaça Eron Hörmuz böğozini kemalar qatnovi uçun oçişini talab qilmoqda. Jahon neft savdosida juda muhim hisoblangan uşbu suv yöli tösib qöyilgani tufayli neft narxi bir barrel uçun 120 dollargaça kötarilgan va may oyi örtalariga qadar mavjud vaziyat saqlanib qoladigan bölsa, narx 150 dollargaça yetişi mumkin.
Öz navbatida, Eron ham AQŞga «jahannam» bilan tahdid qildi. «Biz vayronkor va uzluksiz hujumlar amalga oşirib, terrorçi amerikalik terrorçi harbiylar foydalanadigan barça infratuzilmalarga, şuningdek, sionistik rejim infratuzilmasiga çeklovlarsiz zarba beramiz», — degan şanba kuni Eron qurolli kuçlari qömondonlik markazi rasmiysi, general-mayor Ali Abdullohiy.
Öşa kuni keçqurun islom respublikasi Kuvaytdagi içimlik suv ta’minoti va elektr ta’minoti infratuzilmalariga zarba berdi. Kuvayt rasmiylari bu hujum oqibatida energetik va suvni çuçuklaştiriş qurilmalariga «jiddiy moddiy zarar yetkazilgani» haqida ma’lum qilgan.
Neft va moliya vazirliklari ştab-kvartiralari joylaşgan vazirliklar majmuasi ham dron hujumiga uçragan. Har ikki holatda ham jarohatlanganlar yöq.