Fransiyada dam oliş kunlariga 14 iyulda mamlakatda nişonlanadigan milliy bayram – Bastiliya olinişi kuni va 15 iyulda ötadigan JÇ-2018 finali munosabati bilan xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Jahon çempionati finalida Fransiya terma jamoasi Xorvatiya bilan uçraşadi.
Politsiya ta'kidlanişiça, Parij va Fransiyaning boşqa şaharlaridagi bayram tadbirlari “mavjud terrorçilik xavfi” hisobga olingan holda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan holda ötadi. Fransiya böylab şu kunlari 110 mingga yaqin politsiyaçi navbatçilikda böladi.
“Frantsuzlar terrorçilik xavfi yuqori darajada qolayotganiga qaramay, bu onlarni osoyişta nişonlaşlari uçun barça çoralar köriladi”, deb aytilgan xabarda.
Parijda şanba va yakşanba kuniga Eyfel minorasi taşrif uçun yopiladi. Undan şanba kuni an'anaviy ravişda Bastiliyaning olinişi kuni şarafiga muşaklar otiladi.
Yelisey maydonida an'anaviy parad bölib ötadi. Unda harbiylardan taşqari, kursantlar, politsiyaçilar va qutqaruvçilar iştirok etadi.
Yakşanba kuni esa fransuzlarni yana bir muhim voqea – JÇ-2018 finali kutmoqda. Finalda Fransiya Xorvatiya bilan bellaşadi.
Şu munosabat bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rafiqasi Brijit Makron bilan milliy terma jamoani qöllab-quvvatlagani Moskvaga kelişi kutilmoqda.












