Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Qatarga 2022 yilgi jahon çempionati ötkaziş vakolatini topşirdi. Qatar amiri Tamim ibn Hamad Ol Toniy iştirokidagi ramziy marosim Kremlda ötkazildi.

Putin amirga JÇ-2018 turnirining rasmiy töpini topşirgan.

Bugun Moskvdagi «Lujniki» stadionida Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari jahon çempionati final uçraşuvini ötkazib, turnirni yakunlab berişadi. Öyin Toşkent vaqti bilan soat 20:00da boşlanadi. Öyinda Rossiya va Qatar rahbarlaridan taşqari, Fransiya va Xorvatiya rahbarlari ham iştirok etişadi.

2018 yilgi jahon çempionati 14 iyun kun start olgandi. Öyinlar Moskvadan taşqari Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Soçi, Samara, Volgograd, Saransk, Kaliningrad, Yekaterinburg va Rostovda ham ötkazildi.

Qatar navbatdagi, hisob böyiça 22-çempionatga mezbonlik qiladi. Turnir 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrgaça bölgan muddatda ötkaziladi.

Qatar mezbonligi 2010 yilning 2 dekabrida ma'lum bölgandi.