Braziliyada 16 iyulda 11 ta avtomobilning töqnaşib ketişi oqibatida kamida 8 kişi halok böldi, 64 kişi jarohat oldi.
Folha de Sao Paulo portali ma'lumotlariga köra, yöl-transport hodisasi Minas-Jyerays ştatida yuz bergan. 5 ta yengil, 5 ta yuk maşinasi va bitta avtobus özaro töqnaşib ketgan. Voqea joyida yonğin çiqqan. Oqibatda 4 kişi tiriklayin yonib ketgan. Yölning ikki yönalişi böyiça harakat töxtatib qöyilgan.












