17 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligida ötgan umumiy örta ta'lim tizimini isloh qiliş va rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda Xalq ta'limi tizimini takomillaştiriş böyiça amalga oşiriladigan işlar belgilab olindi. Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning KUN.UZ'ga ma'lum qilişiça, XTV tizimini takomillaştiriş quyidagilarni öz içiga oladi:

1. Tizimni boşqariş tuzilmasini tubdan qayta körib çiqiş hamda tizim muassasalari tuzilmasi, ştat jadvallarini körib çiqiş, tasdiqlaş, ularni rağbatlantiriş böyiça vazirga tegişli vakolatlar beriş;

2. Maktab direktorlariga bölgan talabni qayta körib çiqib, korporativ boşqaruv tizimini joriy etiş, maktab direktori menejyer sifatida va qolgan örinbosarlari öz yönalişlari böyiça iş faoliyatini olib borişlarini yölga qöyiş. Direktorlarning sertifikatlaştiriş tizimini joriy etiş;

3. Jamoaviy nazorat tizimini kuçaytiriş uçun Kuzatuv kengaşlarini tuziş va ularning rolini oşiriş;

4. Quriliş işlarini sifatli taşkil etiş uçun maxsus Injiniring kompaniyasini taşkil etiş. Şu bilan birga, quruvçini tanlaş va qurilişni amalga oşiriş işlarini mahalliy hokimliklarda qoldiriş;

5. Barça hududlarda namunaviy maktab sifatida “Kelajak maktabi”ni taşkil etiş.