AQŞ prezidenti Donald Tramp Xelsinkida bölib ötgan Vladimir Putin bilan uçraşuvdan keyin keskin tanqidlar ostida qolib ketdi. Köplab amerikaliklar uni mamlakatni sotganlikda ayblaşmoqda. Prezident özining tvitterdagi sahifasida bu tanqidlarga javob berdi.
«Yuqori mansabdagi köpçilik insonlar mening Xelsinkidagi çiqişimni yaxşi baholaşdi. Putin bilan köplab muhim mavzular böyiça gaplaşib oldik. Ba'zilar uçraşuv boks jangiga aylanib ketişini kutgandi va ularga mening çiqişim yoqmadi, biroq yaqin kelajakda bu uçraşuv öz samarasini berişni boşlaydi.
Bryusselda ötgan NATO yiğilişida a'zo davlatlardan tuşadigan mablağlarning keskin oşirilişiga erişganimiz ham ajoyib natija böldi. Lekin Rossiya tomoni bilan bölib ötgan uçraşuv bundan ham kattaroq natija berişini kutyapman. Bu uçraşuv bizga hali köp yaxşi narsalarni olib keladi.
Rossiya Şimoliy Koreya masalasida biz bilan hamfikr ekanini ma'lum qildi va bu borada bizga yordam berişga rozi böldi. Biroq bu biz sanksiyalarni olib taşlaymiz degani emas. Biz közlayotgan jarayon oxir-oqibat Şimoliy Koreya uçun juda foydali böladi»,- deb yozadi Tramp.












