«Barselona» Londonning «Çelsi» klubidan Eden Azarni sotib oliş ustida işlamoqda. OAVdagi xabarlarga qaraganda, 27 yoşli belgiyalik «kök-anorranglilar» uçun eng asosiy transfer nişoniga aylangan.

Onda Cero xabarida aytilişiça, Kataloniya klubi Azarning transfer narxiga qöşimça qilib Usmon Dembeleni ham «Çelsi»ga qöyib yuborişga tayyorligini bildirgan. Ingliz tomoni bunday taklifni körib çiqişga tayyor, biroq futbolçi bilan birga 150 million yevro tölanişini istamoqda.

«Barselona»ning uşbu transferdagi eng asosiy raqibi hamon «Real» bölib turibdi. Matbuotdagi gap-sözlarga qaraganda, «qaymoqranglilar» belgiyalikning özi bilan dastlabki kelişuvga erişib qöygan, biroq endi «Çelsi»ni narx masalasida köndiriş muammo bölib turibdi. London klubi Azarni 200 million yevrodan ham balandga baholamoqda.