Vaqt insonning heç narsaga almaştirib va ortga qaytarib bölmaydigan eng qimmatbaho boyliklaridan biri hisoblanadi. Tezkor zamonamizda bu bebaho xazinaning qadri yanada oşib, oltinga teng har lahzasidan oqilona foydalaniş zarurati kuçaymoqda. Ana şunday bir vaziyatda uzundan uzun navbatda turiş va vaqtni behuda yöqotiş kişining ğaşiga tegib, asabini egovlaydi, oxir-oqibat turli noxuşliklar hamda haqli e'tirozlar paydo bölişiga olib keladi.
Özbekiston bank tizimida mijozlarga turli qulayliklar yaratiş maqsadida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Çunonçi, Samarqand viloyatida bank mijozlari navbatini belgilab beradigan texnologiyalar keng qöllanilmoqda.
Barçamizga ayonki, banklarda navbatni band qiliş imkoniyati mavjud (faqat bank binosiga kelgan mijozlar uçun). Vaqtni ğanimat bilib, undan unumli foydalanişga intiladigan bank mijozlari uşbu texnologiya orqali öz navbatlarini aniq vaqtga band qilişlari mumkin! Ular hatto şu oyning aniq kuni va soatiga yoki keyingi oyning aniq kuni va soatiga navbat uçun buyurtma bersalar böladi.
Uşbu tizim qanday işlaydi?
1. Xizmatni onlayn band qiliş uçun onlayn tizim yaratiladi. Bu poyezd yoki samolyot çiptasini onlayn xarid qilişga öxşaydi. Tizim orqali quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:
• ism-şarif;
• pasport seriyasi (yoki bank mijozining ID raqami);
• bankka taşrif buyuriş vaqti (5 daqiqa farqi bilan);
• qaysi bankka taşrif buyuriş;
• bankning qaysi xizmatidan foydalaniş;
• oldinroq boşqa kişi tomonidan band qilingan vaqt mijoz buyurtma oynasida körinmaydi;
• boşqa zarur ma'lumotlar.
2. Bank xizmatini onlayn band qiliş uçun mijozlarga umumiy tizim taqdim etiladi. Tizimga ulaniş uçun har bir bankka alohida login va parol beriladi. Uşbu login-parol orqali tizimga ulangan bank xodimi ekranida quyidagi ma'lumotlar körinadi:
• bank xizmati uçun navbatni onlayn band qilganlar jadvali (eng yaqin vaqtdagisi yuqoriroqda körinadi);
• ularning ism-şarifi, pasporti seriyasi (yoki bankdagi ID raqami), qaysi yönalişda xizmat olişi, navbat vaqti;
• körsatilgan xizmatlar böyiça statistik ma'lumotlar (neçta onlayn navbat olinayotgani, qaysilari muvaffaqiyatli amalga oşirilgani, qaysilari qoniqarsiz ötgani);
3. Tizim quyidagi tartibda işlaydi:
• mijoz navbatni onlayn band qiladi;
• bank xodimi uşbu buyurtmani onlayn köradi;
• mijoz belgilagan vaqtidan 5 daqiqa farqi bilan yetib keladi;
• bank xodimi navbatdan uning buyurtmasini töğriligini tekşiradi;
• onlayn navbatni band qilgan mijozga özi belgilagan vaqtda navbatsiz xizmat körsatiladi;
• va hokazolar.
Dilşod Umirzoqov,
Markaziy bank Samarqand viloyati
Boş boşqarmasi boş mutaxassisi











