2026-yil sentabr oyida qömita jami 8-marta yiğiliş ötkazib, 37 ta masalani körib çiqqan va tegişli qarorlar qabul qilgan.

Şundan 21 tasi röyxatga oliş va ruxsat beriş bilan boğliq bölgan. Jumladan, kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartişlarni röyxatdan ötkaziş, mikromoliya taşkilotlarini hisob röyxatiga oliş, akkreditatsiya va tölov taşkilotiga litsenziya beriş masalalari muhokama qilingan.

Şuningdek, kredit taşkilotlari ustav fondidagi uluşga egalik qiliş uçun ruxsat beriş hamda banklar kuzatuv kengaşi va boşqaruvi aʼzolari, muhim ahamiyatga ega xodimlari lavozimlariga nomzodlar körib çiqilgan.

Kredit va tölov taşkilotlarining moliyaviy holatiga doir yana 16 ta masala muhokama qilingan. Ular Markaziy bank körsatmalari va prudensial meyorlarga rioya etilişi, bank va nobank kredit taşkilotlaridagi inspeksiya tekşiruvlari natijalarini qamrab olgan.

Bundan taşqari, moliyaviy xizmatlarni «tartibga soliş qumdoni» doirasida sinovdan ötkaziş masalalari ham körib çiqilgan.

Xabarda jarimaga tortilgan banklarning nomlari va jarima miqdorlari oçiqlanmagan.