Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Madaniyat va aholi dam oliş markazlari faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 469-f-sonli farmoyişi bilan taşkil etilgan Madaniyat va aholi dam oliş markazlarini örganiş va ularning faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan takliflar tayyorlaş böyiça respublika işçi guruhining:

madaniyat va aholi dam oliş markazlarini “madaniyat markazi” sifatida nomlaş va qayta taşkil etiş;
Madaniyat vazirligida “Madaniyat markazlari va istirohat boğlarini rivojlantiriş boşqarmasi” hamda “Havaskorlik san'ati va nomoddiy madaniy merosni rivojlantiriş” şö'basini taşkil etiş;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar madaniyat boşqarmalari tasarrufida yuridik maqomga ega bölgan Madaniyat muassasalariga metodik kömaklaşiş va nomoddiy madaniy merosni rivojlantiriş metodik markazlarini taşkil etiş;
rivojlangan mamlakatlarda 15 aprel Xalqaro madaniyat kuni sifatida nişonlanişini inobatga olgan holda uşbu sanani “Madaniyat xodimlari kuni” deb e'lon qiliş hamda keng nişonlaş haqidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.

Quyidagilar:
Madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi;
2018-2023 yillarda yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va kapital ta'mirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlarining asosiy körsatgiçlari;
Madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar dasturini amalga oşiriş böyiça Respublika komissiyasi tarkibi;
yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan va kapital ta'mirlangan madaniyat markazlarini qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi;
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markaziy apparati, hududiy boşqarmalari, tuman (şahar) bölimi va Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini taşkil etiş ilmiy-metodik markazining tuzilmalari tasdiqlanadi.

Respublika komissiyasi (A.Aripov):

madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş 
va ularning faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça 2018-2023 yillarga möljallangan manzilli dasturning amalga oşirilişi ustidan tizimli monitoring olib boradi;
Dasturda nazarda tutilgan çora-tadbirlarning bajarilişiga mas'ul bölgan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlaştirib, belgilangan tadbirlarning töliq va sifatli bajarilişi ustidan monitoring olib boradi va nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasining çorak yakunlari majlislarida Davlat dasturining amalga oşirilişi natijalarini muhokama qilib boradi.

Quyidagilar Dasturni amalga oşirişning moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi:

Madaniyat markazlari binolarini yangi quriş, rekonstruksiya qiliş, kapital ta'mirlaş va jihozlaş işlari böyiça – Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va investitsiya mablağlari;
Tuman (şahar) madaniyat bölimi va madaniyat markazlari uçun – “Özavtosanoat” AJ tomonidan işlab çiqilgan “Damas” va “Avtoklub” uçun möljallangan maxsus transportlarni xarid etiş böyiça – mahalliy byudjyet mablağlari;
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
jismoniy va yuridik şaxslarining homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.