“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida oilaviy poliklinikalarda malakali şifokorlarning sonini oşiriş haqida petitsiya paydo böldi.
Hozirgi kunda butun respublikamizda malakali şifokorlarga ehtiyoj mavjud. Malakali şifokorlar soni köpaysa, yaxşiroq bölar edi. Respublikamizda barça sohalarda izçil islohotlar olib borilayotgan bir paytda, hayotimiz va soğligimiz uçun muhim bölgan soğliqni saqlaş masalalarida hali ham kamçiliklar mavjud, deyiladi murojaatda.
Qayd etilişiça, oilaviy poliklinikalarda bitta şifokor barça kasalliklar böyiça bemorlar murojaatini qabul qilib, taşxis qöyadigan holatlar köp uçraydi. Holbuki, soğliqni saqlaş masalasining boşlanğiç mezoni aynan poliklinikalarga murojaat qilişdan boşlanadi. Ayniqsa, yoş bolalarga notöğri taşxis qöyilişi oqibatida ayançli holatlar ham uçrab turibdi.
“Poliklinikalardagi şifokorlarning malakasini oşiriş, ularni attestatsiyadan ötkaziş va har bir bölimlarda kasallik turiga qarab alohida şifokorlar fuqarolarni qabul qilişi hamda körikdan ötkazişi maqsadga muvofiq. Mazkur taklifning amalga oşirilişi xalqimizning soğliğini asraşga, ona va bola salomatligini ta'minlaşga va kasalliklar profilaktikasiga xizmat qiladi”, - deya yakunlanadi murojaat.












