Tojikiston janubidagi Kölob şahrida rekord - sakkiz kilogramm vaznli çaqaloq dunyoga keldi, deya xabar beradi «Mir24» telekanali.
Tuğuruqxona şifokori Anzirat Izzatulloyevaning sözlariga köra, bolaga avval kislorod niqobini taqişgan, hozirda u özi nafas olmoqda.
Çaqaloq dunyoga kelganida sakkiz kilogramm vaznda bölgan, tört soatdan keyin u 800 grammni yöqotdi.
Tuğuruq ona uçun ham, bola uçun ham qiyin keçgan, hozir ular özlarini ança yaxşi his qilmoqda.
Bola oiladagi beşinçi farzand, qolgan bolalar tuğilgan vaqtida 3,5 dan 4,5 kilogramm vaznga ega bölgan. Ammo çaqaloq semizlikdan aziyat çekmasligi, şunçaki yirik ekani aytiladi.
Kölob şahar ma'muriyati oilani qöllab-quvvatlaşga va'da berdi — bolaga doimo bepul tibbiy yordam körsatiladi, şuningdek, tuğuruqxonadan çiqarilganidan keyin ijtimoiy imtiyozlar taqdim etiladi.
Qayd etilişiça, bu holat - Tojikiston tarixida birinçisi.












