15 iyul kuni Toşkent viloyati, Çinoz tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan «Obod qişloq» dasturi böyiça Çinoz tumani «Yallama» QFY Dehqonobod MFYda sayyor qabul ötkazilib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkaziş töğrisida»gi PF-5421-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-sonli qarorining ijrosini öz vaqtida ta'minlaş maqsadida, sayyor qabulda Çinoz tumani Dexqonobod mahallasi, Bodomzor köçasida istiqomat qiluvçi Nodir Şavktoviç Abubakirovga yordam körsatildi. U köp yillardan beri uy-joyiga nisbatan mulk huquqini e'tirof eta olmay kelayotgandi.
Yuqoridagi qarorga asosan, Abubakirovning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan olinib, şu kunning özida tuman komissiyasiga taqdim etildi. Uşbu fuqaroga huquqiy va amaliy maslahatlar berilgan. Xonadon egasi hukumatdan va Çinoz tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlaridan minnadorçiligini bildirgan.












