Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi 2018/2019 öquv yili uçun kunduzgi ta'lim şakliga qabul maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat orqali kiriş test sinovlarisiz amalga oşirildi.

Bu Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «Içki işlar organlari xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilab qöyilgan edi.

Mutaxassislarning aytişiça, yangi tizim qator afzalliklarga ega. Ya'ni, ilgarilari test natijasida taşqi ta'sirlar asosida özida heç qanday qobiliyati bölmagan, ota-onaning havoyi orzulari qurboniga aylangan ösmir ham içki işlar tizimi kursantiga aylanişi mumkin bölib, bunday kadrlar mamlakatning taraqqiyotiga töğanoq bölib kelayotgan edi. Çunki talabgorning içki hissiyoti va qobiliyatini test sinovlari orqali aniqlaşning imkoni mavjud emas edi. Endilikda yoşligidan içki işlar tizimida işlaş, el-yurt va vatan hurmatiga sazovor bölişni öz oldiga maqsad qilib olgan va şunga ham jismonan, ham ma'nan tayyorgarlikka ega bölgan yoşlargina qabul imtihonlariga mas'ul kommisiya a'zolari tomonidan saralab olindi.

Bu yilgi qabul jarayoni uç bosqiçli tanlov asosida ötkazildi. Birinçi bosqiç dastlabki tanlov bölib, joylarda hujjatlar, nomzodni örganiş, uning öz kasbga loyiqligi tegişli talablar asosida örganildi. Ikkinçi bosqiçda esa maxsus kasbiy tanlov sinovlari, ya'ni tibbiy körik, psixo-fiziologik örganiş, yozma iş, jismoniy tayyorgarlik va çet tili imtihonlari ötkazildi. Bu bosqiçda psixo-fiziologik örganiş davomida talabgorning şu kasbga ruhiy jihatdan yaroqliligi masalasi örganilgani diqqatga sazovordir. Faqatgina ruhiy jihatdan soğlom emas, aksinça boşqalarga nisbatan ruhiy çiniqqan va ruhiy ustunlikka ega bölgan şaxslarning saralab olinişi kelgusida soha xodimlarining xalq bilan muloqot qilişi, mavjud muammolarni tezkorlik va aniqlik bilan töğri hal qila olişi imkonini yanada oşiradi. Uçinçi bosqiçda abituriyent bilan individual suhbat ötkazildi. Abituriyentlarni saralaş jarayonining şaffofligini ta'minlaş maqsadida butun jarayon videotasvirga olindi.

«Men va men kabi farzandining muvofaqiyatidan mamnun ota-onalar nomidan aniq aytişim mumkinki, Içki işlar vazirligi Akademiyasiga qabul jarayonlari oçiq va şaffoflik prinsiplari asosida olib borildi. Talabgorlar orasidan eng ixtidorli va içki işlar tizimida faoliyat olib borişga munosib nomzodlarni saralab olişga xizmat qiladi», dedi Içki işlar vazirligi Akademiyasi öqişga qabul qilingan farğonalik kursantlar ota-onalar nomidan Odiljon Abdumalikov. 

Içki işlar vazirligi Akademiyasiga yangi tizim asosida 633 kişi qabul qilindi.