Bilim va malakalarni baholaş agentligi ayrim hududlarda milliy sertifikat imtihonlariga röyxatdan ötiş qisqa vaqt içida yopilayotgani yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinişiça, endilikda talabgorlarni röyxatga oliş har bir hudud uçun belgilangan ötiriş örinlari sonidan kelib çiqib amalga oşiriladi. Yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan joriy etilgan.
Qarorga muvofiq, test sinovi ötkaziladigan joy, sana va muayyan hudud uçun ajratilgan örinlar soni Agentlik tomonidan belgilanadi. Uşbu maʼlumotlar taşkilotning rasmiy veb-sayti hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali eʼlon qilinadi.
Talabgorlar ham hudud uçun ajratilgan örinlar doirasida YAIDXP orqali röyxatga olinadi. Demak, muayyan viloyat yoki şahardagi barça joylar band bölsa, ariza topşirişning umumiy muddati tugamagan taqdirda ham öşa hudud böyiça röyxatdan ötiş yopiladi.
Agentlik maʼlumotiga köra, 2026-yilning sentabr–dekabr oylarida milliy sertifikat imtihonlari uçun jami 496 303 ta örin ajratilgan. Jumladan:
sentabr oyida - 125 753 ta;
oktabr oyida - 129 535 ta;
noyabr oyida - 112 335 ta;
dekabr oyida - 128 680 ta.
Şuningdek, milliy sertifikat imtihonlari soni ham oşirilgan. 2026-yilning sentabr–dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan ikki martadan, huquqşunoslik fanidan esa bir marta imtihon ötkazilişi rejalaştirilgan. Ularning umumiy soni 15 tani taşkil etadi.
Taqqoslaş uçun, 2025-yilning şu davrida 11 ta milliy sertifikat imtihoni taşkil etilgan va ularda 255 217 nafar talabgor iştirok etgan.
Agentlik hududlar böyiça örinlar soni belgilanişi talabgorlar iştirokini çeklaşga qaratilmaganini taʼkidladi. Uşbu tartib imtihonlarni mavjud binolar, texnik vositalar, xodimlar va nazorat imkoniyatlaridan kelib çiqib sifatli taşkil etiş, hududlardagi yuklamani taqsimlaş hamda natijalarni belgilangan muddatda eʼlon qiliş maqsadida joriy etilgan.
Şu munosabat bilan milliy sertifikat imtihonida qatnaşişni rejalaştirayotgan talabgorlarga röyxatdan ötişni oxirgi kunlarga qoldirmaslik tavsiya qilindi. Çunki ular tanlagan hududdagi örinlar belgilangan muddatdan oldin tölib qolişi mumkin.












