Nodavlat (xususiy) taʼlim taşkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini oliş uçun içki işlar organlari xodimi lavozimini joriy etiş taklif qilindi. Bu Içki işlar vazirligi tomonidan tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirildi.

Loyihaga köra, 2026-yil 1-sentabrdan nodavlat taʼlim taşkilotlarida yangi ştat birliklarini muassasalarning öz mablağlari hisobidan taşkil etişga ruxsat beriş taklif qilinmoqda.

Loyihada oliy taʼlim taşkilotlarida profilaktika katta inspektori va xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektor lavozimini, örta va örta maxsus taʼlim taşkilotlarida esa voyaga yetmaganlar masalalari böyiça (katta) inspektor-psixolog lavozimini joriy etiş nazarda tutilgan.

Inspektorning asosiy vazifalari qatoriga öquvçi va talabalar örtasida huquqbuzarlik, zöravonlik, bulling, giyohvandlik va ekstremistik ğoyalar taʼsirining oldini oliş kiritilgan. Ular huquqbuzarliklarga sabab bölayotgan omillarni aniqlaş va bartaraf etiş çoralarini körişda ham iştirok etadi.

Hujjat loyihasida tazyiq va zöravonlikka uçragan öquvçilarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlaş çoralari ham nazarda tutilgan.

Loyihaga köra, nodavlat taʼlim taşkilotlari içki işlar organlari xodimlari uçun xizmat xonasini ajratişi, uni taʼmirlaşi va mebel, aloqa vositalari hamda kompyuter jamlanmasi bilan jihozlaşi kerak böladi.

Loyiha muhokamasi 3-noyabrgaça davom etadi.