Toşkent şahrida yer maydonini turar joy quriş uçun hujjatlaştirib berişni vaʼda qilib, 840 ming dollar talab etgan şaxs uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 1970-yilda Xorazm viloyatida tuğilgan şaxs Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi 9 gektarlik noturar joy obyektining 4 gektar maydonida turar joy binolari qurilişini hujjatlaştirib berişni vaʼda qilgan.

U boşqa bir fuqaroni Kadastr agentligida işlovçi mansabdor tanişlariga pora orqali turar joy binolari qurilişini hujjatlaştiriş hamda kelgusida uşbu hududda turar joylar qurişga ruxsat olib berişiga işontirgan.

Buning evaziga murojaatçidan dastlab 100 ming dollar, keyinçalik yana 740 ming dollar, jami 840 ming dollar talab qilgan.

Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda u 100 ming dollarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi 3-qismi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.