Meksika şimolida joylaşgan qamoqdan ikki xavfli jinoyatçi Xulian Paredes va Karlos Igeru qoçib ketdi. Bu ma'lumotni tegişli idoralar tasdiqlagan.
Paredes Sinaloa jinoiy klanini boşqargan, “Pakana” laqabli narkobaron Xoakin Gusmanning boş ğaznaçisi hisoblangan. Hozirda Gusman AQŞda sudlanişini kutmoqda.
Paredesning qoçib ketgani keçasi ma'lum bölgan. U şerigi bilan qöriqçilar kiyimini kiyib, 6 ta xavfsizlik darajasidan heç qanday qarşiliklarsiz ötib, qamoqning boş darvozasidan taşqariga çiqişga muvaffaq bölgan va u yerda ularni kutib turgan maşinaga ötirib qoçib ketgan.
Hukumatning taxminiça, kamida ikki qöriqçi sotib olingan, çunki tekşiruv vaqtida ular voqea joyida bölmaganlar.
Paredes Sinaloa banditlarining 2016 yilda harbiy konvoyga hujumi işi böyiça jazoni ötayotgan bölgan. Öşa hujum oqibatida 5 askar halok bölgan, 10 nafari yaralangan. Hukumat dastavval Paredesni qat'iy tartibdagi turmaga jönatmoqçi bölgan, biroq uning himoyasi u oddiy turmada jazo ötaşi kerakligini talab qilgan. Ikkinçi qoçoq esa giyohvand moddalar bilan kuraşiş agentligining 7 xodimini öldirgani uçun jazo ötayotgan bölgan.
Gusmanning özi ham ikki marta qamoqdan qoçişga muvaffaq bölgan. 2001 yilda u kir solingan savatda, 2005 yilda esa tunnel orqali taşqariga çiqişga muvaffaq bölgandi.

















