Toşkentda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça Özbekiston — Vetnam hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. 

Tomonlarning ta'kidlaşiça, mamlakatlar örtasidagi hamkorlik barça yönalişlarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy sohalarda izçil rivojlanib bormoqda.

Özaro tovar ayirboşlaş hajmi oşmoqda. Bu boradagi körsatkiç joriy yilning ötgan 6 oyida 2017 yilning şu davriga nisbatan 2,5 baravar ortdi va 30 million dollarga yetdi. Tomonlar bu körsatkiçni yil oxiriga qadar 100 million dollarga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar mavjudligini bildirdi.

Tadbirda özaro hamkorlikda qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.