KXDR öz yadro poligonidagi muhim obektlarni buzişga kirişgaç, AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In tomonidan Singapurdagi sammit vaqtida olingan majburiyatlarni bajarişning birinçi bosqiçidagi ğalabani erta nişonladi, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.

Biroq, Trampning Oq uydagi maslahatçilari u Şimoliy Koreya bilan oxiri yöq muzokaralarga yana kirişişi mumkinligidan xavfsiramoqda. Bunda Pxenyan avval qator ramziy obektlarni buzdi, biroq öz yadroviy arsenalini kengaytirişda davom etdi, deb yozadi NYT.

Amerikalik sobiq diplomatlar va razvedka xizmatlari xodimlarining aytişiça, AQŞ KXDRga nisbatan yumşoq munosabatda bölayotgani va Eronga tahdid qilişi bilan boğliq strategiya Donald Trampning özi tomonidan qabul qilingan hamda uning yondaşuviga asoslangan.

Xalqaro işlar böyiça kengaş raisi va Davlat departamenti hamda Milliy xavfsizlik kengaşi sobiq xodimi Riçard Xaasning qayd etişiça, bunday strategiya mantiqqa ega emas.

«Tramp Eronni ön yil davomida yadro biznesidan tiyib turuvçi şunday paktni rad etdi, bunda Şimoliy Koreyaga yadro qurolini yillar davomida saqlaş imkonini beruvçi tuşunarsiz kommyunike ham çiqarildi», - degan Xaas.

NYT’ning ta'kidlaşiça, Oq uy va Davlat departamenti Trampning bunday yondaşuvini tuşuntirib bermadi.

Materialda aytilişiça, 24 iyul kuni Missuri ştatining Kanzas-Siti şahridagi mitingda Tramp Eron va KXDR böyiça yadro masalalarini öz muvaffaqiyati sifatida taqdim etişga uringan.

Eron bilan yadroviy bitimni u «dahşatli» va «bir tomonlama» deb atagan bölsa, KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan Singapurdagi uçraşuvni Koreya yarim orolida farovonlik, xavfsizlik hamda tinçlikka erişiş böyiça keng qamrovli sa'y-harakatlar sifatida körsatdi.

«Bizda Kim Çen In bilan ajoyib uçraşuv böldi, hamda, aftidan, hammasi yaxşi ketmoqda», - degandi Tramp.

Hozirgi va sobiq diplomatlar hamda razvedka xodimlarining ma'lum qilişiça, Tramp Şimoliy Koreya yetakçisini yadro qurolidan voz keçişga işontiriş uçun yagona umid - bu uni haddan taşqari maqtaş, degan işonçda yuribdi.