Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan öziga nisbatan nemis jamoatçiligi tomonidan körsatilgan öta yomon munosabat ortidan Nemis futbol ittifoqi bilan ziddiyatga borgan va Germaniya terma jamoasidan ketganini e'lon qilgan «Arsenal» yarim himoyaçisi Mesut Özilni qöllab-quvvatlab çiqdi.
«Germaniya terma jamoasi uçun 100 foiz kuçi bilan öynagan yoş yigitga diniy e'tiqodi tufayli bunday irqçilik munosabatida bölişga yöl qöyib bölmaydi.
Uning közlarini öpib qolaman. Mesutning sözlarini töla qöllab-quvvatlayman», – degan Erdöğan.
Siyosatçi öz birdamligini bildiriş uçun futbolçiga qönğiroq qilganini qöşimça qilgan.
Ayni vaqtda 29 yoşda bölgan futbolçi 2009 yildan buyon Germaniya terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda töp surib kelayotgandi. U milliy terma jamoa uçun jami 92 öyin ötkazgan, 2014 yili Braziliya mundialida çempionga aylangan.
Mesut Özil JÇ-2018 arafasida Angliyaga rasmiy taşrif uyuştirgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan fotosuratga tuşganidan keyin nemis naşrlarida qattiq tanqidga uçragandi.












