Turkiya davlati rahbari öz nutqi davomida mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirişi masalasiga ham töxtalib ötdi. U Turkiyani yarim asrdan köproq vaqt davomida «Yevropa Ittifoqi eşigi oldida» uşlab turganlarga kelajakda javob qaytarişini aytdi.
«Biz 52 yil davomida YeI eşiklarida azob çekişga majbur böldik. Ular hali ham xuddi şunday qilmoqda. Lekin vaqti kelganda bunga javob qaytaramiz», - dedi Erdöğan.
Turkiya 1963 yilda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik şartnomasini imzolagan va 1987 yilda jamiyatga a’zo böliş uçun ariza bergan. Biroq, a’zo böliş böyiça muzokaralar faqat 2005 yilda boşlangan va kelişmovçiliklar tufayli bir neça bor töxtatilgan. Hozir muzokaralar faylining 35 bobidan 16 tasi oçiq.

















