2018/2019 öquv yilida Toşkent davlat şarqşunoslik instituti bakalavriat bosqiçida tahsil olişni istagan nomzodlar uçun yangi ta'lim şaklini taklif qilmoqda. Unga köra, şu yilning özida jami 100 nafar talaba sirtqi ta'lim şaklida öqişi mumkin.
Ma'lum qilinişiça, barça qabul qilingan abituriyentlarning 75 nafari darslar özbek tilida taşkil etiladigan guruhlarda, qolgan 25 nafari esa rus guruhlarda öqişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, tarix (mamlakatlar va mintaqalar böyiça), jahon siyosati, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatşunoslik: Yaqin va Örta Şarq mamlakatlari, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatşunoslik: Janubi-Şarqiy Osiyo va Uzoq Şarq mamlakatlari ta'lim yönalişlarining barçasiga 25 nafardan talaba öqişning sirtqi ta'lim şaklida qabul qilinadi.
Ma'lumot uçun, sirtqi ta'lim şaklida öqişni istagan nomzodlarning barçasi tölov-kontraktini amalga oşiradi.

















