Ijtimoiy tarmoqlarda sirtqi ta’limga 2-3-kursdan qabul qilişga oid oçiqdan oçiq e’lonlar köpaydi. Huquqşunos, bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev bu borada suriştiruv ötkazdi.

U şunday e’lon berganlardan biri bilan mijoz sifatida boğlanib, quyidagilarni aniqlagan:

  • turli konsalting firmalar 2-3-4 va hatto 5-kursdan sirtqi ta’limga öqişga kiritişni va’da qiladi;
  • röyxatda 50 dan ortiq yönaliş bor, istalganini tanlaş mumkin, barçasi xususiy universitetlarda;
  • 10 dan ortiq xususiy universitetlarning röyxatini ham berişadi, istalganini tanlang deb;
  • firma xizmati haqi yönalişiga qarab taxminan 10 mln sömdan 30 mln sömgaça, lekin universitetga kontraktni özingiz tölaysiz, bu pul firma "xarajati" uçun xolos;
  • sizning nomingizga Rossiya, Qirğiziston, Tojikiston, Qozoğistondagi oliygohlarda öqiyapti, degan soxta hujjat tayyorlaşadi; lekin özingizga u hujjatni körsatişmaydi;
  • öşa soxta hujjat bilan sizni xuddi “perevod” qilganday Özbekistondagi xususiy universitetning yuqori kursiga olib kelib joylaşadi. Universitet şartnoma beradi, kontrakt pulini tölasangiz böldi, heç narsa bölmaganday 2-, 3-, 4- yoki hatto 5-kursdan öqişni boşlaysiz.

“Bu jarayonga katta ehtimol bilan universitetlar ham aralaşgan böladi, çunki özini hurmat qilgan oliygoh albatta talabaning hujjatini tekşirib köradi, soxta hujjat bilan joylaşişga yöl qöymaydi. Lekin millionlab kontrakt tölaşga tayyor mijoz kelib turganda, universitetlar ham mana şu korrupsion sxemaga şerik bölmoqda.

Bular şunçaki sizni oliygohga joylab qöyişmaydi, balki vazirlikning HEMIS dasturiga “orqa sana” bilan kiritib ham qöyişadi. Lekin buning uçun avval kontraktni töliq tölaşingizni söraşadi”, – deya yozdi bloger.

Xuşnudbek Xudoyberdiyev özidagi ma’lumotlarga tayanib yozişiça, 2025 yil 1 yanvardan 3 iyulgaça 41 812 nafar talaba HEMIS tizimiga kiritilgan, şundan 25 821 nafari sirtqi ta’limga qöşilgan. “Qanaqa qilib??? Nahotki buni heç kim nazorat qilmagan???” – deya savol qöygan huquqşunos.

Uning qöşimça qilişiça, şu davr içida bitta xususiy universitet 3- va 4-kursga 3200 nafar talaba qabul qilgan, yana boşqa bittasi 1599 kişini yuqori kurslarga HEMIS'ga kiritgan.

“Bu ne sir-u sinoat, örtoqlar? “Oşkora qotillik qissasi”ga öxşab, kuppa-kunduz kuni jinoyat sodir etişsa, hammamiz tomoşabin bölib turamizmi? Qiziq-ku... Juda qiziq...”