AQŞ prezidenti Donald Trampning sobiq şaxsiy advokati Maykl Koen 2016 yili yuz bergan Trump Tower'dagi ruslar bilan uçraşuvdan Donaldning xabari bölgani haqida gapirib berdi, deb xabar tarqatmoqda CNN.

Bu haqda CNN'ga ismi sir qoliş şarti bilan ma'lumotlarni yetkazgan manbaning ta'kidlaşiça, Koen Robert Myuller olib borayotgan tergov harakatlarida faol bölişni bildirib, öziga ma'lum voqealarni aytib berişini bildirgan. 

«Unga işonib bölmaydi. Agar ular Koenga işonişsa, barça işlari barbod böladi», deydi prezidentning amaldagi huquqşunosi Rudi Gilayni.

Hozirça heç kim Koenning sözlarini tasdiqlay olmadi, advokatning özi ham izoh berişdan tiyilmoqda.