Çimkentlik 79 yoşli Kenesbek Seytimbet velosipedda Toşkent şahriga yetib keldi. U yuzdan ortiq kilometr masofani yarim kunda bosib ötdi. Endi Kenesbek Özbekistonning qadimiy şaharlari va tarixiy qadamjolariga borişni rejalaştirmoqda, deya ma'lum qiladi "Xabar 24" telekanali.

Kenesbek Seytimbet özining bu velosayohatini "Qozoğistonda Özbekiston yili"ga bağişlaşini aytdi. 

"Qiş oylari va jazirama iyulda uzoq masofalarni bosib ötiş qiyindek göyo. Biroq men sport bilan köp şuğullanaman, har kuni jismoniy maşqlarni bajaraman, şuning uçun çarçoqni his qilmayman. Qozoqlar va özbeklar - qardoş xalqlar. Biz uçun asosiysi - tinçlik va döstona munosabatlarni saqlaş", - deydi u.

Ta'kidlaş joizki, bu keksa velosayohatçining birinçi uzoq safaridir.