Coca-Cola kompaniyasining boş direktori Jyeyms Kvinsi AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan alyuminiy uçun boj tölovlari bois zavod işlab çiqarayotgan içimliklar narxini oşiriş rejalaştirilganini ma'lum qildi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

«Pölat va alyuminiy bahosi oşmoqda. Mehnat bahosi ham oşmoqda», — dedi Kvinsi. U narxlar yil örtasida oşişini aytdi, ammo aynan qaçon va qançaga oşişiga aniqlik kiritmadi. Şuningdek, bu xorijdagi bozorlarga ham tegişlimi yoki faqat AQŞgami degan savolga ham oydinlik kiritmadi.

Eslatib ötamiz, 1 iyunda AQŞ pölat importiga 25 va alyuminiy importiga 10 foizlik boj tölovlarini joriy etdi. Bunga javoban Yevrokomissiya AQŞdan keltiriladigan qator mahsulotlarga boj tölovi kiritdi.

Ammo 25 iyulda Yevroittifoq Trampga yon bosişga majbur böldi. Xususan, tomonlar Yevropaga suyultirilgan gaz eksportini oşiriş, buning evaziga Qöşma Ştatlardan Yevropaga keltiriladigan qişloq xöjalik mahsulotlariga tariflarni pasaytirişga kelişib olişdi.