Ötgan haftada oxirida AQŞ va Kanada örtasidagi muzokaralar Kanada tovarlariga nisbatan kiritiladigan yangi tariflarning oldini olişda kelişuvga erişilmagaç, barbod böldi. Kanada bunga «dollarga dollar» tarzida javob qaytarişga vaʼda berdi.
21-avgust kuni Kanada boş vaziri Mark Karni Amerika tomoni sönggi daqiqalarda «adolatsiz, iqtisodiy jihatdan mantiqsiz va har qanday kelişuvning işonçliligini şubha ostiga qöyadigan» şartlarni kiritgani uçun muzokaralarni töxtatganini aytdi.
Ertasi kuni kanadaliklarga qaratilgan taʼsirçan nutqida Karni prezident Trampning boj tariflari hujumiga uçragani va AQŞ bilan «uruş holatida» ekanligini taʼkidladi. New York Times naşri savdo uruşiga olib kelgan vaziyatni tahlil qildi.
Özgaruvçan Tramp
AQŞ prezidenti Donald Tramp kamida ikki marta qöşnisi bilan kelişuvga erişilganini aytgandi.
Xususan, ötgan seşanba u ikki mamlakat baʼzi tafsilotlarni hisobga olmaganda kelişuvga erişganini va yangi tariflar joriy etilişi kerak bölgan avvalgi muddatni uzaytirganini aytgan edi.
Hatto, juma kuni – har ikki tomon muzokaralar barbod bölganini eʼlon qilişidan bir neça soat oldin ham Tramp kelişuvga erişiş mumkin deb öylaşini aytgandi.
Nima uçun muzokaralar barbod böldi?
Mark Karni muzokaralarning barbod bölişida sönggi daqiqalarda AQŞ tomonidan qöyilgan talablarni aybladi. Uning aytişiça, Amerika muzokaraçilari boşqa narsalar qatori Kanadaning boşqa davlatlar bilan erkin savdo qiliş imkoniyatini çeklaşi va fransuz tili hamda madaniyatini himoya qiliş kabi içki siyosatiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin bölgan.
Karnining jangovar sözlari
AQŞning taklifini «yomon kelişuv» deya keskin tanqid qilgan Karni – Trampning tariflarini Kanadaga qilingan hujum deb hisoblaşini oçiq-oydin körsatdi. «Biz boşidan Amerika özgarganini tuşunib yetgandik. Biz baʼzida uning imzosi qalam bilan yozilişini ham tan olamiz»,















