Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «ArMI—2018» Xalqaro armiya öyinlarida iştirok etuvçi jamoalari joylarga yetib kelib, Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi Harbiy tibbiyot akademiyasiga joylaşdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Musobaqa iştirokçilari Akademiyada taşkil etilgan Simulyatsiya markazida va akademiya öquv poligonida musobaqalarga tayyorgarlik körib borişmoqda. Kuni keça harbiy tibbiyot akademiyasida musobaqalarni olib boriş uçun qur'a taşlaş marosimi ham bölib ötdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Şuningdek, Moskva şahrining “Alabino” dala öquv maydonida hakamlar hay'atining yiğilişi ötkazildi. Ta'kidlaş kerakki, hakamlar hay'ati tarkibidan Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Şavkatbek Mamajonov ham örin olgan.

Mazkur yiğilişda musobaqa davomida hakamlik işlarini olib boriş, musobaqalardagi şaffoflik va yöl qöyib bölmas kamçiliklar xususida söz yuritildi. Yiğiliş söngida barça hakamlar hay'ati a'zolariga xalqaro hakamlik böyiça sertifikatlar topşirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, ötgan yilgi «ArMI-2017» doirasida 5 davlat hududida ötkazilgan musobaqalarda 28 davlatdan kelgan 4,5 mingdan ortiq harbiylar qatnaşgan bölsa, joriy yilda 7 davlatda ötişi kutilayotgan musobaqalarning soni 30 taga yetib, ularda Indoneziya va Filippin harbiy jamoalari birinçi marta qatnaşadi.

Novosibirsk oliy harbiy qömondonlik bilim yurti dala öquv maydonida 2018 yilning 28 iyulidan 9 avgustiga qadar “Qöşin razvedkasi a'loçilari” musobaqasi bölib ötadi. Bu yil uşbu tur musobaqada Xitoy, Armaniston, Qozoğiston, Özbekiston, Zimbabve, Sudan va Belarusdan kelgan razvedka jamoalari iştirok etadi.

Har bir razvedka jamoasi jamoa rahbari va sardori, 10 kişidan iborat razvedkaçilar guruhi, 2 ta zahira iştirokçi, 2 ta murabbiy, ta'minot guruhidan 3 kişi va texnik ta'minot guruhidan 3 kişidan taşkil topadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati