19-oktabr kuni Özbekiston Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy okrugi doirasida harbiy örtasida dronlarni boşqariş böyiça musobaqalar ötkazildi. Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, harbiy xizmatçilar “Dronlarni jangovar qöllaş böyiça eng ilğor guruh” körik-tanlovida hamda “Drone racing” (dronlar poygasi) musobaqalarida qatnaşgan.

Musobaqada Jizzax, Samarqand va Navoiy garnizonlaridan kelgan harbiy xizmatçilar zamonaviy dronlarni boşqarişdagi mahorati, çaqqonligi, aniqligi hamda favqulodda vaziyatlardagi tezkorligini namoyiş etgan.

Maʼlum qilinişiça, harbiy okrug miqyosidagi uşbu musobaqa hududlararo tajriba almaşiş, harbiylar örtasida zamonaviy texnologiyalarni ommalaştirişda muhim qadam hisoblanadi.


Uşbu tadbir Özbekiston armiyasida kibersport, dron va robot texnologiyalari yönalişidagi sport turlarini rivojlantirişga doir prezident qarori asosida ötkazilmoqda. Unga köra, dron texnologiyalari yönalişida uç bosqiçli musobaqa tizimi joriy etilgan: birinçi bosqiç har yili avgustda vazirlik va idoralarda, ikkinçi bosqiç oktabrda harbiy okruglar miqyosida, uçinçi bosqiç dekabrda – “Mudofaa vaziri kubogi” sifatida ötkaziladi.













