Daily Mail naşri Youtube’da Afrika mamlakatlaridan kelgan muhojirlar Ispaniya sohillariga yetib kelişlari bilan har tomonga tarqalişgani aks etgan videoyozuvni e'lon qildi.
Videotasvirda puflama qayiqda 30 kişidan iborat guruh Ispaniyaning Alxesiras port şahri yaqinidagi plyajga yetib kelişgani aks etgan. Muhojirlar qirğoqqa tuşişlari bilan sohil qöriqçilari qöliga tuşmaslik uçun plyaj böylab har tomonga qoça boşlaşadi.
Naşrning yozişiça, keyingi haftada şu yöl bilan Ispaniya sohillariga 1600dan ortiq muhojir kelib tuşgan. Qayd etilişiça, muhojirlar Marokaş sohilidan yölga çiqişadi va puflama qayiqlarda Gibraltar böğozini kesib ötişadi.











