«Rostov» Rossiya Premer-Ligasining birinçi turida «Axmat»ni yengdi. Rostov-Dondagi «Rostov Arena» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi yagona gol rostovliklar jamoasining islandiyalik hujumçisi Born Sigurdarson tomonidan urildi, u birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Sergey Parşivlyukning uzatmasini boşi bilan darvozaga joyladi.
Öyinning ikkinçi bölimida Valeriy Karpin jamoasida zaxiradan maydonga Özbekiston terma jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov tuşirildi.
RPLning ikkinçi turida «Rostov» Moskvaning TsSKA klubi mehmoni böladi, «Axmat» öz uyida «Yeniseyey» bilan öynaydi. Ikki uçraşuv ham 5 avgust kuniga belgilangan.
Birinçi tur doirasidagi boşqa öyinlarda «Anji» safarda «Ural»ni yengdi (1:0). Öyin taqdirini mehmonlar yarimhimoyaçisi Anton tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. 83-daqiqada uning uzoq masofadan yöllagan aniq zarbasi «Anji»ga ğalaba keltirdi.
Mehmonlar yarim himoyaçisi, Özbekiston terma jamoasi a'zosi Dostonbek Hamdamov öyin qaydnomasiga kiritilmadi.
«Orenburg» safarda «Spartak» bilan bellaşdi va kiçik hisobda yutqazdi. Yagona gol 4-daqiqada Jigo tomonidan urildi. Mehmonlar jamoasi safida özbekistonlik Vadim Afonin töliq harakat qildi.
Rossiya çempionati
1-tur
Rostov – Axmat 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Sigurdarson.
Rostov – Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyuş, Parşivlyuk, Kalaçev (Guliyev, 69), Gatskan, Skopintsev (Mirzov, 63), Ionov, Yusupov, Sigurdarson (Şomurodov, 75).
Axmat – Gorodov, Utsiyev, Semenov, Anxel, Moxammadi, Şvets, Dumbiya, Roşi, Ismael (Musalov, 79), Berişa (Ivanov, 82), Sadayev (Pliyev, 28).
Çetlatiş: Semenov (25).
Ural – Anji 0:1
Gol: 0:1 – 83 Anton.
Ural – Godzyur, Dinga, Merkulov (Yusupov, 87), Kulakov, Balajits, Dimitrov, El-Kabir, Yemelyanov, Bikfalvi, Yegorçev (Yevseyev, 63), Ilin.
Anji – Dyupin, Çanselor, Udaliy, Belorukov, Tetraşvili, Rabiu, Kulik, Çaykovskiy (Anton, 68), Gigolayev, Muhammad (Agalarov, 80), Ax'yadov (Markelov, 55).
Ogohlantirişlar: Gigolayev (24), Tetraşvili (41), Rabiu (52), Markelov (72).
Spartak – Orenburg 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 4 Jigo.
Spartak – Maksimenko, Bokketti, Jigo, Yeşçenko, Kombarov, Gluşakov (Popov, 82), Fernando, Lomovitskiy (Taşayev, 72), Zobnin, Promes (Timofeyev, 90), Ze Luiş.
Orenburg – Frolov, Begiç, Oyyevole, Terexov, Andreyev, Afonin, Popoviç, Çirkin (Malyarov, 61), Çukanov (Kulişev, 57), Kozlov, Sutormin.
Ogohlantirişlar: Frolov (4), Oyyevole (36), Terexov (36).












