AQŞning Arkanzas ştatidagi Klinton şahrida öğri olgan pulini qaytarib berdi va keçirim sörab yozuv qoldirdi, deb xabar bermoqda UPI.
Syuzen MakNabb dökon yonida hamyonini unutib qoldirdi va qaytib kelib uni oçganida hamyondan 160 dollar yöqolgani ma'lum böldi.
«Men politsiyaga bordim va bu haqda xabar qildim», — deydi u.
Tez orada unga politsiyadan qönğiroq qilişdi. Ma'lum bölişiça, bir ayol bölinmaga konvert olib kelgan va özini taniştirmasdan uni taşlab ketgan. Konvert içida 160 dollar pul va MakNabbga atalgan maktub bölgan.
«Iltimos, meni keçiring. Men doim halol yaşaşga harakat qilaman va bugun dahşatli xatoga yöl qöydim», degan yozuv bölgan maktubda.
MakNabb uning bu işidan ta'sirlanib ketganini va qaytarilgan pulni boşqalarga yordam berişga sarflaganini aytdi.
2013 yilda AQŞda bir öğri oradan 30 yil ötganidan söng öğirlagan pullarini qaytarib bergani haqida xabar qilingandi. U politsiyaga 1200 dollar hamda puli öğirlangan dökon egasini topişlari iltimos qilingan xat jönatgan.












