Aktrisa Farangiz Rejametova halok bölgan piyodalar ötiş joyida yaqin vaqt içida svetofor işga tuşadi.

Facebook’dagi guruhlardan birining foydalanuvçilari svetofor örnatilayotgani aks etgan fotosuratni e'lon qilişdi. Foydalanuvçilarning sözlariga köra, Toşkent şahrida faqat fojialar yuz bergaç, svetoforlarni örnatişga kirişiladi.

Bundan taşqari, foydalanuvçilar poytaxtdagi svetoforlarni piyodalar ötiş yölagiga örnatiş lozim bölgan yana önlab joylarni keltirişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovçi uy qamoğiga olingani xabar berilgandi.