Facebook va Instagram foydalanuvçilarga ijtimoiy tarmoqqa qança vaqt sarflanganini biliş va uni nazorat qilişga yordam beruvçi yangi imkoniyatlarni taqdim etdi, deyiladi ijtimoiy tarmoqlar vakillarining bayonotida.
"Bugun biz odamlarga Facebook va Instagram’da ötadigan vaqtni nazorat qiliş imkonini beruvçi yangiliklarimizni e'lon qilamiz: faollik paneli, kunlik eslatmalar va xabarnomalar miqdorini çeklaşning yangi usuli", — deyiladi Instagram va Facebook vakillari Amit Reneydiv va Devid Ginzbergning qöşma bayonotida.
Foydalanuvçilar "faollik paneli"da qança vaqtini ijtimoiy tarmoqda ötkazayotganini bilişlari va çeklov örnatib, tarmoqda ötiriş vaqti tugaganini bildiruvçi eslatma örnatişlari mumkin. Bundan taşqari, ma'lum bir vaqtga xabarnomalar kelişini töxtatib turiş mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar vakillari mazkur yangiliklar ruhiy salomatlik sohasidagi olimlar, ekspertlar va taşkilotlar bilan hamkorlikda kompaniyaning keng miqyosdagi tadqiqotlari asosida işlab çiqilganini bildirişmoqda.
Ular yangi imkoniyatlar odamlarga ijtimoiy tarmoqda ötkazadigan vaqtlarini yaxşiroq nazorat qilişlariga yordam beradi degan fikrdalar.











