“Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining örinbosari Odil Temirovning aytişiça, may-iyun oylarida içki birja savdolarida suyultirilgan gaz qiymatining ösişi yoqilği narxining oşişiga sabab böldi. U bu haqda ÖzA muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.
“Özbekneftgaz” AJ tomonidan iste'molga çiqarilayotgan gaz hajmi bu yil ötgan yilga nisbatan 26 foizga orttirildi. Şu bilan birga, 2017 yil bilan soliştirilganda, suyultirilgan gaz quyadigan maşinalar soni 11 mingga kamaygan. Şunga qaramay, biz Tovar-xomaşyo birjasida narxlarning ösişini kuzatmoqdamiz”, - dedi Temirov.
Temirovning sözlariga köra, suyultirilgan gaz birjaga işlab çiqariş tannarxida bir tonna uçun 500 mingdan 1 million sömgaça bölgan qiymatda çiqariladi. Savdo vaqtida mijozlarning özi narxni belgilaydi va eng yaxşi taklif bergan mijoz gazni sotib oladi.
“Hozirgi kunda biz, işlab çiqaruvçilar va ta'minotçilar Tovar-xomaşyo birjasidagi narx şakllanişini ham, gaz quyiş şoxobçalaridagi narxlarni ham boşqariş imkoniga ega emasmiz”,- dedi u.
Şu bilan birga u “Özbekneftgaz” AJ yillik jadval asosida işlaşini, suyultirilgan gaz asosan qöşni davlatlarga eksport qilinişini va buning mamlakatdagi içki talabga heç qanday ta'siri yöqligini ta'kidladi.
Eslatib ötamiz, 1 avgustdan Özbekistonda 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi 800 söm etib belgilandi.
“Özbekneftgaz”: birja va gaz quyiş şoxobçalaridagi narxlarni boşqariş imkoniga ega emasmiz












