Özbekiston importni diversifikatsiya qiliş maqsadida Xitoydan Jet A-1 avia yoqilğisining uzoq muddatli ta’minotini yölga qöyiş niyatida. Bu haqda «Özbekneftgaz» AJ xabar berdi.

 

14-avgust kuni kompaniya boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov Xitoyning Özbekistondagi elçisi Yuy Szyun boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

«Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik, jumladan, neft-gaz sohasida barqaror rivojlanayotgan strategik qöşma investitsiya loyihalari hamda yangi istiqbolli yönalişlar muhokama qilindi», - deyiladi xabarda.

 

«Özbekneftgaz» Xitoyning CNPC, CCDC, BGP, Jereh, Honghua kabi yirik kompaniyalari bilan geologiya-qidiruv, quduqlarni burğilaş, xizmatlar körsatiş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş sohasida bir qator loyihalarni amalga oşirmoqda.

 

«Importni diversifikatsiya qiliş va Özbekistonni avia yoqilği bilan barqaror ta’minlaş tizimini şakllantiriş uçun Xitoydan Jet A-1 avia yoqilğisini uzoq muddatli yetkazib beriş imkoniyati uçraşuvning asosiy mavzularidan biri böldi», - deyiladi axborotda.

Şu nuqtai nazardan, tomonlar «Özbekneftgaz»ning Xitoyning China National Aviation Fuel Group (CNAF) va Sinopec kompaniyalari bilan bevosita hamkorlik örnatişiga Xitoyning Toşkentdagi elçixonasi kömaklaşişi imkoniyatini körib çiqdilar.

 

Muzokaralar yakunida tomonlar energetika sohasida hamkorlikni kengaytiriş va yangi investitsiyaviy hamda texnologik loyihalarni amalga oşirişga tayyor ekanligini bildirdi.