Joriy yilning 30 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Rostov oblasti Aksay tumani «Rostov-Volgodonsk» yönalişining 11-kilometrida, «KAMAZ» rusumli yuk avtomobili salonida 9 nafar yölovçi bölgan Volkswagen Transporter rusumli mikroavtobus bilan töqnaşib ketgan.

FVV axborot xizmati xabariga köra, sodir bölgan YTX natijasida 3 nafar inson halok bölgan va 6 nafar inson turli darajada tan jarohati olgan. Halok bölganlarning 2 nafar va jabrlanganlarning 3 nafari Özbekiston Respublikasi fuqarolaridir.

Halok bölganlar:
1. Norbutayev Asatulla Eşbekoviç, 1963 y.t.
2. Satarova Şaxnoza Abdulaxatovna, 1985 y.t.

Jarohatlanganlar:
1. Saydamatov Saydulla Tajimatoviç, 1965 y.t.
2. Yunusov Jasur Ilxamoviç, 1988 y.t,
3. Çoriyev Saydulla Bobayeviç, 1987 y.t.

Jabrlanganlar Rostov oblastining Aksay tumanidagi Aksay şahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Ularga kerakli tibbiy yordam körsatilmoqda.

Bölib ötgan halokat yuzasidan Taşqi işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi hamda mahalliy diasporaning birgalikdagi harakatlari natijasida 2018 yil 3 avgust kuni soat 22:10da «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasining «Rostov-Toşkent» yönalişi böylab uçayotgan samolyotida halok bölgan ikki fuqaroning jasadini öz vataniga yetkazişdi hamda dafn qiliş uçun yaqinlariga topşirişdi.