Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi faoliyati yölga qöyiladi.

Texnikum akademiyaning umumiy çeklangan ştat birliklari doirasida, yagona taʼlim kampusida alohida yuridik şaxs maqomida taşkil etiladi.

Texnikum faoliyati 2027/2028-öquv yilidan boşlanadi.

Texnikumga umumiy örta taʼlim maktablari bitiruvçilari davlat granti va tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Taʼlim boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida taşkil etiladi.

2029-yildan boşlab texnikum bitiruvçilari orasidan favqulodda vaziyatlar organlari uçun kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.

Yirik iqtisodiyot va toifalangan obyektlar hamda xavfli işlab çiqariş korxonalarida işlayotgan qutqaruvçilar esa uşbu taşkilotlarning buyurtmasi bilan tölov-kontrakt asosida imtiyozli öqişga qabul qilinadi.

Favqulodda vaziyatlar organlarida qutqaruvçi lavozimida xizmat qilayotgan xodimlar texnikumga öqişga kirsa, öqiş davrida ularning oylik maoşi teng miqdorda saqlanib qoladi.

Şuningdek, texnikumda içki va taşqi mehnat bozori ehtiyojlari, iş beruvçilar takliflari hamda FVV buyurtmasi asosida qisqa muddatli kasb kurslari taşkil etiladi.