Özbekiston Hyundai Rotem’ni Toşkent va Samarqand örtasida tezyurar qatnovni taşkil etişga jalb qilişni rejalaştirmoqda. Bu prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişni tezlaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida aytilgan.

Loyiha 2019 yilga möljallangan. Rejaga köra, 1 mlrd dollarga tuşadi, bundan 50 mln dollarni «Özbekiston temir yöllari» yönaltiradi, qolgan 950 mln dollar esa Janubiy Koreya kompaniyasining töğridan-töğri investitsiyalari böladi.

Hyundai Rotem Hyundai Motor Group tarkibiga kiradi. 1979 yilda taşkil etilgan. Öşandan beri u tezyurar poyezdlarning eng yetakçi yetkazib beruvçilardan biri hisoblanadi, şu jumladan, dizelda işlaydiganlari va elektrovozlar böyiça ham.